Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda bir nechta mahbus muddatidan avval ozod qilindi

A A A
Navoiyda bir nechta mahbus muddatidan avval ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudlari tomonidan prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan sud-huquq sohasida olib borayotgan islohotlarini amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, 2020 yil 6 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi S.M.Boltayev raisligida sudya yordamchisi M.Raxmanovning kotibligida Navoiy shahar 4-son jazoni ijro etish koloniyasida insonparvarlik dalolatnomalari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqdi.

Sud tomonidan mazkur jazoni ijro etish koloniyasida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida belgilangan qonuniylik hamda insonparvarlik prinsiplariga asosan jazoni ijro etish koloniyasida o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan, jazoni o‘tash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, o‘z qilmishini tushunib yetgan, ozodlikka chiqib oilasiga bag‘riga borshini, mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilgan 7 nafar
mahkumga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda 8 nafar mahkumga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini yengilrog‘i bilan almashtirishib, ozodlikdan mahrum qilingan mag‘kumlarni ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror chiqarilib, mahkumlarga yana bir imkoniyat berildi.

Bundan tashqari, sud tomonidan mazkur jazoni ijro etish koloniyasida jazoni o‘tayotgan 61 nafar mahkumni ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan, jazoni o‘tash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, jamoat ishlarida faol
ishtirok etgan, o‘z qilmishini tushunib yetgan mahkumlarni O‘zbekiston Respublikasi JIKning 113-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini o‘tash uchun yengil tartibli koloniyalariga o‘tkazildi.

Kiritildi: 18:09 11.05.2020. O'qildi: 2698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik