Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda 9 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Navoiyda 9 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

4 dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi korxonalardan birining qorovuli V.V. Ichki ishlar boshqarmasiga bosqinchilik jinoyati sodir etilganligi yuzasidan murojaat qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Murojaatga ko‘ra, noma’lum shaxslar korxona hududiga kirib, qorovulga kuch ishlatish yo‘li bilan uning Samsung mobil telefonini tortib olib, rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib, metall parchalarini olib ketmoqchi bo‘lganligi aytilgan.

Korxona ishchisi S.R. kelib qolishi natijasida jinoiy guruh o‘z jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay oq rangli davlat raqami bo‘lmagan Ford rusumli avtomobilda voqea joyidan yashiringan.

Tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X., A.X., N.N.lar va Buxoro viloyatida yashovchi O‘.X., M.A.lar sodir etganliklari aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 17:53 07.12.2018. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!