Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda 7 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

A A A
Navoiyda 7 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar bilan bir qatorda sud-huquq sohasida ham olib borayotgan islohatlar o‘zining ijobiy natijalarini berib, sud tomonidan jazosini o‘tayotgan mahkumlarga insonparvarlik tamoyillari keng ko‘lamda tatbiq etilmoqda.

Jumladan, 2020 yil 22 aprel kuni ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi S.M.Boltayevning raisligida va A.Kilichboyevning kotibligida Navoiy vloyat IIB Probasiya bo‘limi tomonidan mehnatiga vijdonan yondashgan, o‘zlari sodir etgan jinoyatning salbiy oqibatlarini tushunib yetgan, ijobiy tomonga o‘zgargan 7 nafar mahkumga nisbatan chiqarilgan taqdimnomalar ko‘rilib, mahkumlarni o‘talmay qolgan jazolarini O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Kiritildi: 16:03 22.04.2020. O'qildi: 2880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik