Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda 5 nafar shaxs muddatidan oldin ozod etildi

Navoiyda 5 nafar shaxs muddatidan oldin ozod etildi

2019 yil 07 avgust kuni Navoiy viloyat Konimex tuman Xalq qabulxonasida jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 5 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Jumladan, Boboyev Jabbor Davlatovich 17.01.2018 yilda JIB G‘ijduvon tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi asosan 3 yil muddatga oylik ish haqining 30 %ni davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Boboyev Jabbor Davlatovich 2019 yil 07 avgust kuni  jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi tomonidan sayyor qabulida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Boboyev Jabbor Davlatovich yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga, qonun ustivorligini ta’minlashda ishtirok etayotgan sudyalarga, xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisiga va sud xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Kiritildi: 15:44 28.08.2019. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!