Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Navoiy viloyatida jinoyatning oldi olindi

Navoiy viloyatida jinoyatning oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2 250 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 mln so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tangalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:58 25.06.2020. O'qildi: 2223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!