Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiy viloyatida jinoyatchi cho‘ponga jazo tayinlandi

Navoiy viloyatida jinoyatchi cho‘ponga jazo tayinlandi

 Sudlanuvchi Aytmuratov Perdebek Djubanovich 2016 yil fevral oyidan 2019 yil fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Konimex tumanida joylashgan “Konimex-Sarjal-Qosay” MCHJda bosh cho‘pon vazifasida ishlab kelgan.

2019 yil 02 yanvar kuni unga ishonib topshirilgan mayda shoxli mollar MCHJ tomonidan sanoqdan o‘tkazilgan vaqtida, 533 bosh mayda shoxli mollar borligi aniqlanib, tegishli tartibda sanoq dalolatnomasi asosida unga topshirildi.  Shuningdek, 2019 yil 12 fevral kuni MCHJ tomonidan qaytadan mayda shoxli mollar sanog‘i tekshirilganda, u aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, MCHJ tomonidan unga sanoqdan so‘ng boqish topshirilgan 533 mayda shoxli mollardan jami 85 bosh mayda shohli mollarni, dastlabki tergov davomida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotib yuborgan. Sotuvdan tushgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing 34.000.000 so‘mlik mol-mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, MCHJga jami 34.000.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining 05.08.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, Aytmuratov Perdebek Djubanovich (Aytmuratov Perdebek Djubanovich) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 17:25 28.08.2019. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!