Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiy viloyatida ariqdan erkak kishining jasadi topildi

Navoiy viloyatida ariqdan erkak kishining jasadi topildi

Joriy yilning 2 noyabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumani «Sovungar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi ariqdan 35–40 yoshlardagi erkak kishining jasadi topildi. Tashqi ko‘rinishidan hech qanday jarohat topilmagan jasad tibbiy ekspertizadan o‘tkazilganda fuqaro «yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida uning shaxsi aniqlandi. U «Romitan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 1977 yilda tug‘ilgan D. V. bo‘lib chiqdi.

Ayni paytda uning suvga qanday tushib ketgani, jinoyat alomatlari bor-yo‘qligi yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:01 06.11.2019. O'qildi: 2733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!