Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navalniyning o‘limiga Rossiya rahbariyatining aloqadorligiga oid dalillar topilmadi

Navalniyning o‘limiga Rossiya rahbariyatining aloqadorligiga oid dalillar topilmadi

AQSh razvedka xizmatlari Aleksey Navalniyning o‘limiga Rossiya rahbariyatining aloqadorligiga oid dalillarni topa olmadi.

Bu haqda The Wall Street Journal bir qator manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi, Milliy razvedka direktori idorasi va Davlat departamentining razvedka bo‘limi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Navalniyni o‘ldirishga buyruq bermagan" degan xulosaga kelgan.

Nashrning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar tegishli ma’lumotlarni Yevropa razvedka idoralariga yetkazgan.

Kiritildi: 15:14 27.04.2024. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!