Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Navalniy qurbaqa zahri bilan zaharlangan!

Navalniy qurbaqa zahri bilan zaharlangan!

Aleksey Navalniy Janubiy Amerika qurbaqasining zahri bilan zaharlangan, buni besh Yevropa davlati tasdiqladi — The Insider.

Nashrning xabar berishicha, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning biomaterial namunalari tahlilini o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, bir nechta mustaqil laboratoriyalar ushbu namunalarda Janubiy Amerikadagi qurbaqasi terisidan olinadigan o‘ta zaharli modda — epibatidinni aniqlagan.

Siyosatchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanganidan so‘ng uni davolagan reanimatolog shifokor Aleksandr Polupanning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniyda o‘limidan oldin kuzatilgan simptomlari epibatidinning ta’siri haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga mos keladi.

Kiritildi: Bugun 16:46. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!