Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Finlyandiya parlamentiga taqdim etildi

NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Finlyandiya parlamentiga taqdim etildi

"Hozirgi kunga qadar NATOga a’zo 30 ta davlatdan 28 tasi Finlyandiyaning qo‘shilishi haqidagi hujjatni ratifikasiya qilgan. Turkiya va Vengriya hali ratifikasiyani yakunlagani yo‘q. Qonunga ko‘ra, parlament NATOga a’zo barcha davlatlar Finlyandiyaning qo‘shilishi haqidagi protokolni ratifikasiya qilishdan oldin hukumat taklifini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi saytida aytilgan bayonotda.

May oyida Finlyandiya va qo‘shni Shvesiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban a’zolik uchun ariza bergan edi. Keyin Finlyandiyada 200 deputatdan 188 nafari arizani qo‘llab-quvvatladi, sakkiz nafari qarshi chiqdi. Arizani ma’qullash uchun parlamentda oddiy ko‘pchilik ovoz berish kifoya.

Kiritildi: 15:30 05.12.2022. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!