Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi

NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi


Buyuk Britaniya bosh vaziri devoni Deep Precision Strike (“Yuqori aniqlikdagi uzoq masofali zarba”) loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

NATO'ga a’zo o‘n ikki mamlakat, jumladan, Buyuk Britaniya, kelgusi 10 yil ichida Yevropa mudofaasini mustahkamlashga mo‘ljallangan yangi uzoq masofali raketa tizimini yaratish uchun 37 mlrd funt sterlingdan (taxminan 50 mlrd dollar) ko‘proq mablag‘ sarflash niyatida.

NATO'ning eng zamonaviy qurollaridan biri deb atalayotgan Deep Strike turidagi yangi raketa tizimi qariyb 300 km masofadagi nishonlarga yuqori aniqlikda zarba berish uchun mo‘ljallangan, kelajakda esa uning masofasi 2 ming km gacha oshirilishi mumkin.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer London boshchiligidagi tashabbus yevropalik ittifoqchilarni birlashtirishga yordam berishi va NATO xavfsizligini ko‘p yillar davomida ta’minlashini ta’kidladi.

Biroq, boshqa ko‘plab istiqbolli harbiy dasturlar singari, Deep Strike tizimining 2030 yillardan oldin foydalanishga tayyor bo‘lishi dargumon.

Kiritildi: 22:01 09.07.2026. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!