Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

NATO alyansi AQSh va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi keskinlik ortib borayotgani sabab yillik sammitlarni qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, ayrim doiralar sammitlarni kamaytirish orqali 2028 yilda Donald Tramp bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskin uchrashuvlardan qochishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, ba’zi a’zo davlatlar sammitlarni har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifini ilgari surmoqda. Masala bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan va so‘nggi qaror alyans bosh kotibi Mark Ryuttega bog‘liq.

Alyans vakili esa sammitlar sonidan qat’i nazar, davlat rahbarlari muntazam muloqotni davom ettirishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda NATO sammitlari har yozda o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yildagi uchrashuv 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Oxirgi paytlarda AQSh va ittifoqdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgani qayd etilmoqda. Tramp ayrim davlatlarni tanqid qilib, NATOni “qog‘oz yo‘lbars” deb atagan va hatto AQShning alyansdan chiqishi ehtimolini ham istisno qilmagan.

Kiritildi: 22:37 27.04.2026. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!