Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortgani uchun NATOga qiziqish yo‘qolganini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“NATOga kelsak, men NATO Ukrainani qabul qilishga tayyor emasligini anglaganimizdan keyin bu masalaga qiziqishimni yo‘qotdim. Alyans Rossiya bilan qarama-qarshilikdan qo‘rqadi”, — dedi Zelenskiy.
Uning qayd etishicha, bunday xulosaga kelishiga NATO kuchlari tomonidan Ukraina uzra parvozlar taqiqlangan hudud yaratishdan bosh tortishi ham sabab bo‘lgan.