Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO Rossiya bilan urush qilmayotganini aytdi

NATO Rossiya bilan urush qilmayotganini aytdi

NATO Ukrainaga qurol yetkazib berish va harbiy yordam berayotganiga qaramay, Rossiya bilan urushmayapti, dedi alyans harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer.

“NATO Rossiya bilan urushayotgani yo‘q. Men buni juda aniq aytishim mumkin”, dedi u ERR nashriga bergan intervyusida.

Bauerning ta’kidlashicha, ittifoq "ittifoqdoshlar hududining har bir qarichini himoya qiladi".

“Keyin Rossiya va NATO o‘rtasida mojaro bo‘lishi mumkin. Ammo shu paytgacha NATO Rossiya bilan urushayotgani yo‘q”, deb tushuntirdi u.

Admiralning qo‘shimcha qilishicha, alyans bir muncha vaqt Moskvaga kelishmovchiliklar mavjud ittifoqchi sifatida qaragan.

Kiritildi: 19:02 20.09.2022. O'qildi: 2445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!