Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

NATO Ramstein Flag 2026 keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi

NATO Ramstein Flag 2026 keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi

Alyans Daniya, Ispaniya, Shvesiya, shuningdek, Rossiya bilan chegaradosh Norvegiya va Finlyandiyada bo‘lib o‘tadigan Ramstein Flag 2026 harbiy mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi. Mashg‘ulotlarda 18 ta davlat ishtirok etadi.

Taktik harbiy-havo mashg‘ulotlari 8 iyun kuni boshlanadi va ikki hafta davom etadi.​

Mashg‘ulotlar, jumladan, Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlar hududida ham bo‘lib o‘tadi.

​Alyans bayonotida ko‘rsatilishicha, Daniya, Ispaniya, Shvesiya, Norvegiya va Finlyandiya mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asosiy maydonlarga aylanadi.

Mashg‘ulotlarda 200 dan ortiq uchish apparatlari: qiruvchi samolyotlar, Boeing E-3A samolyotlari, RQ-4D Phoenix dronlari, shuningdek, transport, yoqilg‘i quyish, razvedka va kuzatuv vositalari ishtirok etadi. Ular har kuni 20 dan ortiq maydonlardan, shu jumladan avtomagistral uchastkalaridan 150 tagacha parvozlarni amalga oshiradi.

Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!