Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Turkiya tomon yo‘naltirilgan Eron ballistik raketasi NATOning havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati aloqa boshqarmasi rahbari Burhonettin Duran ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Erondan uchirilgan va Turkiyaga yo‘naltirilgan raketa Gaziantep viloyatining Shohinbey tumani osmonida darhol aniqlanib, NATO havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Duran tegishli idoralar vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini va mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u mintaqadagi keskinlikni kuchaytirmaslik va mojaro hududini kengaytirmaslik muhimligini aytdi. Duran mojaro ishtirokchilarini, ayniqsa Eronni, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

U Turkiya fuqarolariga axborot olishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya qildi.

Kiritildi: 21:11 09.03.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!