"Ko‘pchilik urushlar muzokaralar stolida tugaydi va bu ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin. Biroq, biz bu stolda sodir bo‘ladigan voqealar jang maydonidagi vaziyat bilan uzviy bog‘liqligini tushunamiz", — deydi Yens Stoltenberg Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Unga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Ukraina g‘alabasini kafolatlash diplomatik natijani ta’minlay oladigan yagona yo‘ldir. "Biz tinchlikni qanchalik ko‘p istasak, shuncha ko‘p yordam berishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Shu bilan birga, u Rossiya yaxshi niyat bilan muzokaralar olib borishni xohlayotgani haqida hech qanday dalil ko‘rmayotganini ta’kidladi.