Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy ittifoq avtoritar kuchlarning tobora yaqinlashayotganini ko‘rsatadi va demokratik davlatlarning birlashgan frontini shakllantirish muhimligini anglatadi.
"Biz avtoritar kuchlar bir-biriga yaqinlashayotganini tushunishimiz kerak. Ular bir-birini o‘ta kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlamoqda. Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda o‘q-dorilar yetkazib berdi, Xitoy va Eron esa Moskvaga harbiy yordam ko‘rsatmoqda. Rossiya Federasiyasi va boshqa avtoritar davlatlar o‘rtasidagi yaqinlik o‘sib borayotgani NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilari bilan hamkorlik qilishning ahamiyatini yanada oshiradi", — deya munosabat bildirdi NATO bosh kotibi.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, iyul oyida Vashingtonda o‘tkaziladigan NATO sammitiga Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya hukumat rahbarlari yuqoridagi sabablarga ko‘ra taklif qilingan.