Alyans rahbari Mark Ryutte 3 iyun kuni kutilmaganda Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Mark Ryutte bilan uchrashdi.
Mark Ryutte bilan birga alyansga a’zo 32 davlatning doimiy vakillari va ularning o‘rinbosarlari keldi. Ular urushda halok bo‘lgan ukrainalik askarlar xotirasini yod etdi.
Ryuttening tashrifi Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi harbiy va energetika ob'ektlariga zarbaberganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi. O‘sha vaqtda Sankt-Peterburgda yirik iqtisodiy forum sababli rasmiylar va xorijiy mehmonlar yig‘ilayotgan edi.