NATO sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘n yildan keyin alyans yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini istisno qilmadi.
«NATO doim mavjud bo‘lishi fakt emas. Alyans yaqin o‘n yil ichida saqlanib qolishi shart emas», — dedi u Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida.
Stoltenberg, shuningdek, 2018 yilda AQSh yetakchisi Donald Tramp NATOdan chiqish bilan tahdid qilganini, hozirda esa buni yana takrorlayotganini eslatib o‘tdi.
«Buning sodir bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori ekanini hech kim ayta olmaydi. Ammo Amerika prezidenti tomonidan bunday bayonotlar berilsa, biz ularga jiddiy qarashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.