Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

NASA Xitoy fuqarolariga ishlashni taqiqlaydi

A A A
NASA Xitoy fuqarolariga ishlashni taqiqlaydi

AQSh vizasi mavjud Xitoy fuqarolari ham NASA faoliyatida ishtirok eta olmaydi.

AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar agentligi (NASA) Xitoy fuqarolari uchun yangi cheklovlarni joriy etdi. Endilikda hatto AQSh vizasiga ega bo‘lgan Xitoy fuqarolari ham agentlikning kosmik loyihalarida ishlashi, ma’lumotlar bazalariga kirishi va rasmiy uchrashuvlarda qatnashishiga ruxsat berilmaydi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, dastlab taqiq faqat vizasiz Xitoy fuqarolariga nisbatan qo‘llanilgan edi. Biroq, o‘tgan haftadan boshlab ushbu cheklovlar AQSh vizasi mavjud shaxslarni ham qamrab oldi.

NASA qarorini Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik hamda kosmik sohadagi kuchayib borayotgan raqobat bilan izohladi.

Kiritildi: 12:41 11.09.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!