Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi AQSh Prezidenti Donald Tramp, Birinchi xonim Melaniya Tramp va Vise-prezident Jey Di Vens Vashingtondagi otishmada jabrlanmaganini bilib, yengil tortganini aytdi.
Modi bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida yozgan.
"Vashingtondagi mehmonxonada yaqinda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Prezident Tramp, Birinchi xonim va Vise-prezident sog‘-salomat va jarohatlanmaganini bilib, yengil tortdim. Ularning xavfsizligi va farovonligi uchun eng ezgu tilaklarimni bildiraman", dedi Modi.
U shuningdek, demokratik jamiyatda zo‘ravonlik qabul qilinishi mumkin emasligini va uni qattiq qoralash kerakligini ta’kidladi.