Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namozni vaqtida o‘qish farz!

Namozni vaqtida o‘qish farz!

Har bir musulmon kishi umrini g‘animat bilib, namozlarini qoldirmay, o‘z vaqtida ado etib borishi kerak.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَاباً مَّوْقُوتاً

“Albatta, namoz mo‘minlarga vaqtida farz qilingandir” (Niso surasi, 103-oyat).

Namozga egilmay, masjidga kirmay yurgan odam baribir bir kun namoz uchun masjidga kiradi. Ammo unda o‘zining janozasiga, tobutda olib kiriladi. Musulmon odam uchun o‘z janozasi paytidagina masjidga olib kirilgunicha namoz o‘qimay, masjidga kirmay yurishidan ortiq musibat yo‘qdir!

Qiyomat kuni banda ilk so‘raladigan narsa – namozdir! Ha, qiyomat kuni bandaning avval namozi haqida so‘raladi. Agar namoz haqidagi savollarga javobi oson bo‘lsa, qolgan amallarga beradigan javobi ham oson bo‘ladi. bordib namoz borasidagi savollarga javob berolmasa, unda boshqa savollarga ham javob berolmaydi.

Bizni namozdan chalg‘itayotgan, namozni qoldirishimizga sabab bo‘layotgan ish qanday ish ekan o‘zi?! Shunchalik namozdan ham zarurmi?! Agar biz uchun namozimiz aziz va qadrli bo‘lmasa, u holda yana nima biz uchun aziz va qadrli?!

Nega namozga beparvolik qilib, vaqtida o‘qimaymiz?! Axir qo‘ldan ketgan pulni yana topish mumkin-ku! Ammo boy brilgan vaqt boshqa qaytib kelmaydi, uni dunyo to‘la oltinga ham topib bo‘lmaydi!

Azizlar, namozlarimizni vaqtida o‘qiylik!

Alloh taolo bu borada bizga yordam bersin!

Manba: muslim. uz

Kiritildi: 05:45 13.08.2019. O'qildi: 9449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!