Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Namoz va duo

A A A
Namoz va duo

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, har kuni oz miqdorda ibodat va mulohaza qilish qarishni kechiktiradi, stress va sarosimani kamaytiradi. Shu kabi namoz ham insonga xavfsizlik, xotirjamlik tuyg‘usini hadya etadi va sevgi , rahm-shafqatni oshiradi. Kufr, g‘azab, norozilik miyaga doimiy tarzda zarar beradi.

1988 yilda Randolf Bayrd o‘tkazgan tadqiqotda bemorlarning namoz o‘qishi va duo qilishi sog‘liqlariga ijobiy ta’sir qilishi isbotlangan. Unda yuragi kasal bo‘lgan bemor namoz o‘qib duo qilgan. Bu uning ruhiy holati va sog‘lig‘i yaxshilanishiga olib kelgan. Alloh taolo Qur’onda namoz va duoning ahamiyatiga ishora qilib aytadi:

«Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin» ("Ibrohim" surasi, 40-oyat).

Manba: azon.uz

Kiritildi: 07:31 31.07.2018. O'qildi: 3512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik