Namangan shahrida 22 iyun kuni 29-sonli o‘rta maktabning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tomning 4 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.