Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda o‘qituvchi o‘quvchiga nega tarsaki tushirdi?

Namanganda o‘qituvchi o‘quvchiga nega tarsaki tushirdi?

Xalq ta’limi Vazirining Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan “O‘quvchi ustozi o‘zini shafqatsiz kaltaklaganini iddao qilmoqda” nomli maqola chop etilganganligi yuzasidan o‘rganish tashkil qilindi.
Namangan viloyati, Uychi tumanidagi 22-maktabning informatika fani o‘qituvchisi O‘tkir Xoliqov  2020 yil, 11 fevral kuni 10-“A” sinfida dars o‘tayotganida ushbu sinf o‘quvchisi B.I. intizomga rioya etmagan hamda darsga halaqit bergan. O‘qituvchining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay sinfdoshi G.X. bilan janjallashib, uni urgan.
O‘qituvchi unga tanbeh berib, doskaga chaqirib, nima uchun qiz bolani urasan, deya B.I.ni ikki shapaloq urgan. O‘quvchi B.I. yugurganicha sinf xonasidan chiqib ketishda eshikka boshini urib olgan va uyiga ketib qolgan. O‘quvchining onasi tuman IIBga murojaat qilib o‘g‘lini shifoxonaga yotqizgan. Shu kuni IIB xodimlari holat yuzasidan o‘qituvchi O‘.Xoliqov va boshqalar bilan voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan.
O‘qituvchi o‘quvchining ahvolidan xabar olish uchun shifoxonaga borib,  o‘quvchi bilan gaplashgan. O‘quvchining salomatligi yaxshilanganidan so‘ng 2020 yil 17 fevral kuni shifoxonadan uyiga ruxsat berilgan. 
Shu kuni o‘quvchi va o‘qituvchining xatti-harakati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘qituvchi bolaning ota-onasidan kechirim so‘ragan. Davolanish uchun ketgan harajatlarni oylik maoshidan to‘lashini bildirib, har ikkala tomon yarashtirilib, dalolatnoma tuzilgan.
2020 yilning 28 fevral kuni 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimi M.Appakov, tuman IIB bo‘limi boshlig‘i G‘.G‘aniyev, “Olmurut” MFY raisi K.Siddiqov, XTB mudiri SH.Muradovlar ishtirokida 10-“A” sinf o‘quvchilari va  ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida uzviy do‘stona munosabat o‘rnatish hamda ota-onalarni farzandlar tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
Vazirning Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra informatika fani o‘qituvchisi O‘tkir Xoliqov tuman ma’muriy sudining qaroriga binoan jarimaga tortildi. 
Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z. Ismanjonovga nisbatan Mehnat kodeksi talablari bo‘yicha oylik ish haqining 30 foiz miqdorida jarima intizomiy jazo belgilandi. Maktab direktori M.Siddiqova Namangan viloyati XTB boshlig‘ining 2020 yil 27 fevral kunidagi 45-k sonli buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 11:44 10.03.2020. O'qildi: 2866 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!