Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda MFY raisi pullarni talon-toroj qilgani aniqlandi, ammo...

Namanganda MFY raisi pullarni talon-toroj qilgani aniqlandi, ammo...

Joriy yilning 8 oktyabr kuni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali Uchqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i nomiga tumandagi Qo‘rg‘oncha MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan murojaat qilinib, unda Qo‘rg‘oncha MFY raisining olib borayotgan ishlaridan noroziligini, temir daftarga o‘zining yaqin qarindoshlarini yozib pul berganligini, 14 yoshli bolalarga beriladigan nafaqa pullaridan 30 mln so‘m o‘zlashtirganligini, gaz balllonlar vaqtida almashtirilmasdan un maxsuloti 2 oyda bir kelishini, 8 oyda sodir bo‘lgan 7 ta jinoyatlardan 3 tasi o‘lim bilan tugaganligi sababli MFY raisiga adolatli chora ko‘rishni so‘ragan.

Departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ushbu MFYdagi 2019-2020 yillarda tayinlangan nafaqa pullarini qonuniyligini o‘rganilganida 29.632.6 ming so‘m pul mablag‘lari ortiqcha to‘langanligi aniqlangan.

Uchqo‘rg‘on tuman Qo‘rg‘oncha MFY raisi F.Raxmanov va uning o‘rinbosari U.Qosimovalarni xarakatlarida JKning 167-moddasi 2-qismi “a va g” bandlari, 228-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari aniqlangan bo‘lsada, ular tomonidan byudjetga yetkazilgan 29.632.6 ming so‘m pul mablag‘lari tergovga qadar tekshiruv davomida to‘liq qoplanganli sababli 2020 yil 04 sentyabr kuni Departamentning tuman bo‘limi tomonidan ularga nisbatan JPKning 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

Qo‘rg‘oncha MFYga gaz balonlar va un maxsulotlari belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida to‘liq yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, ushbu mahallada 2020 yil 8 oyi davomida 1 ta qotillik jinoyati sodir etilgan.

Kiritildi: 16:26 08.10.2020. O'qildi: 2925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!