Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda "Lasetti" pastga quladi. Haydovchi halok bo‘ldi

Namanganda "Lasetti" pastga quladi. Haydovchi halok bo‘ldi

Joriy yil 1 yanvar kuni soat 15:45 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 258 km.da Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro "Lasetti" rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, to‘siqqa borib urilgan va boshqaruvni yo‘qotib, pastlikka tushib ketgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi qo‘shma shikast, bosh miya og‘ir ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, 2 yanvar kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 17:02 04.01.2021. O'qildi: 2413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!