Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Namanganda jurnalist fuqarolar hujumiga uchradi (video)

A A A
Namanganda jurnalist fuqarolar hujumiga uchradi (video)

"Aniq.uz" saytiga "namanganliklar.uz" sayti jurnalisti Namanganda hujumga uchragani haqida xabar kelib tushdi.

Unga ko‘ra, 15 iyun, soat 10:00 ga yaqin @Namgroupbot botiga Namangan tumanida juda ayanchli avtoavariya sodir etilgani tasvirlangan video kelib tushdi. Jo‘natuvchining izoh berishicha, ayni voqeada bir nafar voyaga yetmagan bolacha bo‘lganligi, avtomobil daraxtga borib urilganligi aytilgan. 

Mazkur video ijtimoiy tarmoqqa joylangach, avtohalokat natijasida jarblangan yosh bolaning ahvoliga zudlik bilan oydinlik kiritish uchun Namanganliklar.uz ijodiy guruhi yo‘lga otlandi. Ular IIB YHXB tuman bo‘limiga kirishgan, voqea sodir etilgan manzilni so‘rab, rejalarini bayon etishgan. Mudhish holat ro‘y bergan hudud aniqlanganidan keyin jurnalistlar dastlabki ma’lumotlarni olish maqsadida voqea joyiga jo‘nashdi. 
Biroq kutilmaganda - hali tasvirga ko‘p muhrlab ham ulgurmagan muxbirlarga o‘sha yerdagi fuqarolar jiddiy qarshilik ko‘rsatishib, ularga tegishli bo‘lgan shaxsiy telefonlarini olib qo‘yishgan. Jurnalistlarga turli gap-so‘zlar bilan tahdid qilishgan, vaziyatga guvoh bo‘lgan IIB xodimlari esa chetdan beparvo kuzatib o‘tirishdi.  

Xo‘sh, bugungi kun talabi - tezkorlik va xolislik, aniqlik ekan, shunga intilayotgan jurnalistga nega to‘siq qo‘yilmoqda?! 
Ko‘z o‘ngida aholi tomonidan tazyiqqa uchrayotgan bloger va jurnalistni ko‘ra bila turib, nahot IIB xodimlari jim qarab turishi mumkin? Axir harbiy formalilarning vazifasi osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, oddiy insonlar va hatto xizmat yuzasidan vujudga kelayotgan har qanday tortishuv va kelishmovchiliklarning oldini o‘z vaqtida olishi zarur emasmi?!", deyiladi murojaatda.

Ushbu voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan javob kutib qolamiz.

Kiritildi: 21:35 15.06.2020. O'qildi: 8867 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!