Namangan viloyati Namangan tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida "Navqiron" MFY O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 43-uyda, 16 dona maishiy gaz ballonlari saqlanayotganligi hamda ushbu manzilda yashovchi fuqaro F.Po‘latov "Namangantumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimi R.Po‘latovdan 20 kilogrammlik suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 so‘mdan sotib olib, so‘ng ularni tuman aholisiga 60 ming so‘mdan qayta sotish bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.
Namangan shahri "Toshkent" ko‘chasida joylashgan 73-uyda tashkil etilgan yana bir "bunker" faoliyati fosh etildi. Fuqaro B.Burxonovga qarashli mazkur uyda 94 dona maishiy gaz ballonlari mavjudligi hamda ushbu fuqaroga ham "Namanganshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan biri yordam berib kelgani aniqlandi.
Holatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari boshlandi, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.