Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda erkak uyida 50 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgani fosh bo‘ldi

Namanganda erkak uyida 50 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgani fosh bo‘ldi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 6 iyun kuni uyida fohishaxona saqlagan 35 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro xonadonida 2001 yilda tug‘ilgan yigit va 1993 yilda tug‘ilgan ayolga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. U buning uchun 50 ming so‘m olgan.

Holat yuzasidan tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 06:30 13.06.2021. O'qildi: 2431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!