Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Namanganda Damas poyezd bilan to‘qnashdi: qurbon bor

A A A
Namanganda Damas poyezd bilan to‘qnashdi: qurbon bor

Namanganda Damas poyezd bilan to‘qnashdi, oqibatda haydovchi halok bo‘ldi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni soat 19:00 atrofida Namangan viloyati IIB JXX YHXB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 10:20 atrofida Uychi-Chortoq temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 1961 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas avtomashinasini boshqarib borayotgan vaqtida kesishmadagi to‘xtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan Teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.

Hodisa natijasida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Kiritildi: 01:57 12.11.2024. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!