Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Namanganda 13 yosh qiz mashina olib qochdi

A A A
Namanganda 13 yosh qiz mashina olib qochdi

Postda.uz’ning xabar berishicha, Namangan shahrida yashovchi R.H. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobil «Barkamol avlod» sport majmuasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan va ko‘p o‘tmay noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari so‘ngida avtomashina shahardagi Uychi ko‘chasidan texnik soz holda topildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarni topish choralari ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Namangan shahridagi 14-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi YA.A. sodir etgani aniqlandi.

Hozir tergov ishlari davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 06:36 06.12.2019. O'qildi: 3493 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!