Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida mahkuma vafot etdi

Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida mahkuma vafot etdi

Tergov hibsxonasida sodir bo‘lgan hodisa hakida rasman xabar berildi.

"7news.uz" xabariga ko‘ra, 2019 yil 22 oktyabr kuni soat 02:30lar chamasida sudining hukmiga ko‘ra, JKning 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyasiya shikoyati yozgan, Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Shoxista M. (1976 y.t.) o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shoxista M.ning o‘limi «yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi» ko‘rsatilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinovning xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:30 23.10.2019. O'qildi: 2429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!