Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali Dang‘ara tumanidan “B” toifadagi haydovchilik guvohonmasini 10-15 kunda olib berishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday Departament hamda IIBning Bag‘dod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “A.” MCHJ o‘qituvchisi S.S. fuqaro F.ga tanishlari orqali “V, S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:07 09.06.2021. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!