Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nahotki! Millionerlar koronavirus tufayli ular uchun soliqlarni oshirishni so‘rashdi

Nahotki! Millionerlar koronavirus tufayli ular uchun soliqlarni oshirishni so‘rashdi

G20 sammiti arafasida Qo‘shma Shtatlar hamda bir qator boshqa mamlakatlardan o‘nlab millionerlar hukumatdan tushgan mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashda ishlatilishi uchun o‘zlaridan olinadigan soliqlarni oshirishga chaqirishdi, deb xabar beradi “Bloomberg”.

Bunday odamlar o‘zlarini “Insoniyat uchun millionerlar” deb atashmoqda.

Qayd etilishicha, petisiya AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Daniya va Nidelandiyadan kelgan 80 ga yaqin millioner tomonidan imzolangan  bo‘lib, ular orasida “Walt Disney Co.” vorisi Ebigeyl Disney ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bayonotda millionerlar soliqlarni "darhol" va "abadiy" ko‘tarishni so‘rashmoqda.

Boy odamlarning ta’kidlashicha, koronavirus millionlab odamlarning qashshoqligiga olib kelishi mumkin va shuning uchun imtiyozlarni adolatli taqsimlash tizimini yaratish kerak.

 

 

Kiritildi: 20:15 13.07.2020. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!