Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nabiullina narxlarni sun’iy cheklashga qarshi chiqdi

Nabiullina narxlarni sun’iy cheklashga qarshi chiqdi

Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina narxlar o‘sishini ma’muriy usullar bilan uzoq muddat cheklashga qarshi ekanini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday choralar faqat istisno holatlarda va qisqa muddatga qo‘llanilishi mumkin.

Nabiullinaga ko‘ra, ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxi keskin oshganida davlat tomonidan nuqtaviy aralashuv o‘zini oqlashi mumkin, ammo bu amaliyot doimiy tus olmasligi lozim.

Uning so‘zlaricha, narxlarni uzoq vaqt sun’iy ravishda ushlab turish ishlab chiqaruvchilar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki ishlab chiqarish xarajatlari oshib borayotgan bir paytda mahsulot narxini oshirish imkoni bo‘lmasa, korxonalar ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur bo‘ladi.

Natijada inflyasiya pasayishi mumkin, ammo bozorda tovarlar taqchilligi yuzaga keladi.

Nabiullina bu holatni 1980-yillardagi tajriba bilan qiyoslab, o‘sha davrni eslaydiganlar bunday xatolarni takrorlashni istamasligini ta’kidladi.

Markaziy bank rahbari avval ham narxlarni ma’muriy tarzda cheklash xavflari haqida ogohlantirganini eslatdi. Uning fikricha, jumladan, narxlarni muzlatib qo‘yish kabi choralar iqtisodiy mexanizmlar samara bermay qolgandagina va eng so‘nggi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Kiritildi: 08:15 25.07.2026. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!