Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muzlatkich balosi! Uch nafar bola dahshatli tarzda halok bo‘ldi (foto +18)

Muzlatkich balosi!  Uch nafar bola dahshatli tarzda halok bo‘ldi (foto +18)

Olti yoshli Doulton, uning besh yoshli singlisi Keyli hamda uning o‘rtog‘i (ismi ma’lum emas) eski muzlatkich kamerasiga qamalib qolishi natijasida fojiali o‘lim topdi. Voqea Florida shtatining Suvonni okrugida sodir bo‘ldi, deya xabar tarqatdi The Sun .

Gap shundaki, Doulton hovlida singlisi va uning o‘rtog‘i bilan o‘ynab turgandi. Shu vaqtda ular hovlida turgan eski muzlatkich ichiga kirishadi va eshikni yopishadi. Achinarlisi, muzlatkichning eshigi tashqariga ochilmay qoladi. Ularning tarbiyachisi bunga e’tibor bermaydi. Bolalarni izlay boshlaganida esa muzlatkich dastlab xayoliga kelmaydi. Enaga bolalarni muzlatkich ichidan topganida esa ularning nafasi bo‘g‘ilib va tobi qochib, halok bo‘lishgandi.

Enaga darhol polisiyaga qo‘ng‘iroq qiladi va Tez yordam chaqiradi. Ammo foydasi bo‘lmaydi. Ayni damda polisiya vaziyatni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 16:09 16.01.2019. O'qildi: 6998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!