Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mo‘ynoqda qidiruvdagi otadan aliment qarzi undirildi

Mo‘ynoqda qidiruvdagi otadan aliment qarzi undirildi

Majburiy ijro byurosi Mo‘ynoq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 03.06.2014 yilgi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Ye.Genjemuratovdan undiruvchi K.Kaipovaning foydasiga, uning tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment nafaqasini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati ish yurituvga kelib tushgan kunning o‘zida qaror chiqarilib, ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

O‘z farzandiga atalgan aliment pullari afsuski, qarzdor ota tomonidan 2014-2015 yillar davomida umuman to‘lanmagan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor o‘z yashash joyini o‘zgartirib yuborganligi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va qarzdorning chet elga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Lekin, joriy yilning 26 mayda bo‘lim davlat ijrochilarining sai-harakatlari bilan, sal kam 5 yildan buyon qidiruvdagi otadan 9 mln. so‘m aliment qarzdorligi naqd ko‘rinishida to‘liq undirilib, undiruvchi K.K.ning qonuniy manfaatlari qanoatlantirildi.

Kiritildi: 18:57 02.06.2020. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!