Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi

A A A
Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi

Joriy yilning 29–30 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi.

Festivaldan maqsad Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlarning sonini yanada ko‘paytirishdir.

Tadbirdan davomida mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi hamda musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘rin olgan.

Kiritildi: 13:00 26.09.2022. O'qildi: 2366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!