Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Muxlislar milliy jamoa bosh murabbiyini haqoratlar bilan kutib oldi

Muxlislar milliy jamoa bosh murabbiyini haqoratlar bilan kutib oldi

Janubiy Koreyada futbol muxlislari mamlakatga qaytgan milliy jamoa bosh murabbiyini haqoratlar bilan kutib oldi.

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hong Myong Bo jamoaning Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng o‘z lavozimini rasman tark etdi. Jamoa turnirning keyingi bosqichiga uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalardan biri sifatida yo‘llanma olishiga umid qilgan edi, biroq hammasi ular kutgandek bo‘lmadi va koreyaliklar mundial bilan xayrlashdi.

Janubiy Koreya guruh bosqichida atigi bitta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi. Garchi jamoa guruhda uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, keyingi bosqichga chiqa olmadi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon qoniqarsiz natijalar sababini aniqlash bo‘yicha chuqur tergov o‘tkazishga chaqirgandi.

Kiritildi: 14:21 30.06.2026. O'qildi: 11155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!