“Positive Technologies” mutaxassislari xakerlar nima uchun veb-saytlarni buzib kirishini aniqlashdi.
Bu haqda RIA Novosti kompaniyaning tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, eng mashhur maqsadlarni aniqlash uchun mutaxassislar Internetning soya segmentidagi o‘nta faol forumlardagi 80 milliondan ortiq xabarlarni o‘rganishgan.
Tadqiqotchilar ma’lum qilishicha, saytlarni buzish bo‘yicha o‘nta so‘rovning yettitasida asosiy maqsad veb-resursga kirishdir. Bunday holda, xakerlar nafaqat maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashlari, balki xaridor deb ataladiganlarga veb-dasturga kirishni ham sotishlari mumkin.
Kiberjinoyatchilarning 4 foizi uchun esa asosiy maqsad veb-saytni buzish emas, balki unga zararli dasturlarni joylashtirishdir. Qurilmaga yuklanganda, bunday dasturlar saytga kiritilgan bank kartasi ma’lumotlarini o‘qishga imkon beradi.