Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Mustaqillik bayramida portlash: kamida 34 yarador bor

Mustaqillik bayramida portlash: kamida 34 yarador bor

19 avgust kuni Afg‘oniston mustaqilligining 100 yillik bayramida Jalolobod provinsiyasida bomba portladi. Shahardagi restoran va jamoat maydonlarida sodir bo‘lgan portlashlar natijasida 34 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Aljazeera nashri xabar berdi.

6 ta portlash

Nangarxar provinsiyasi gubernatori Shah Mahmud Miaxelning so‘zlariga ko‘ra, shaharning turli qismlarida kamida oltita portlash sodir bo‘lgan.

Prezident Ashraf G‘ani Qobuldagi mustaqillik kunida so‘zlagan nutqida, ISHIDga ishora qilgan holda Dayeshga qarshi kurash davom etishini aytdi.

Avvalroq, Qobul shahri g‘arbidagi to‘yxonalardan birida nikoh marosimi vaqtida portlash sodir bo‘lgandi. Natijada 63 kishi vafot etganligi, 200ga yaqini esa yaralangani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 22:30 19.08.2019. O'qildi: 1713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!