Uzun tumanida 28 may kuni taxminan soat 10.30 lar chamasida, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi A.X. mahalladoshi N.M. bilan o‘zaro janjallashib qoldi-yu N.M. ni chap ko‘ziga bir marta musht tushirib “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” yetkazdi.
Mazkur holat yuzasidan 13 iyun kuni A.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati