Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan iste’molchilarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz berilishi kutilmoqda

Muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan iste’molchilarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz berilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan elektrotexnika sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda:

Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Hozirda o‘z ehtiyojini 100 foiz muqobil energiyadan qoplagan va tarmoqdan to‘liq uzilgan iste’molchilarga soliq imtiyozlari qo‘llanadi.

Moliya va energetika vazirliklariga muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan iste’molchilarga ham mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz berish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Kiritildi: 21:33 26.09.2022. O'qildi: 2459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!