Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar ozodlikdan mahrum etildi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar ozodlikdan mahrum etildi

❗️ Giyohvandlik — jamiyat xavfsizligi, millat kelajagi va yoshlar taqdiriga rahna soluvchi eng og‘ir illatlardan biri. Afsuski, ayrim shaxslar bu “ajal savdosi”ga qo‘l urib, nafaqat o‘z hayotini, balki boshqalar taqdirini ham jar yoqasiga olib bormoqda.
🚫 Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1999 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va 140-moddasi (haqorat qilish) bilan sudlangan ayol 2025 yilning iyul oyida qo‘shni respublikaga borib, narkosavdogardan 1 kg “gashish” moddasini 6 ming AQSh dollariga sotib olish va uni mamlakatimiz hududidagi tegishli manzilga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, ayol “Vatsap” messenjeri orqali giyohvandlik vositasi qoldirib ketilgan xufiya joy manzilini olgan.

So‘ngra muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan ikki tanishi bilan Bekobod shahri hududidagi dala maydoniga yo‘l olgan.

Biroq, ular ajal og‘usini xufiya joydan olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 985 grammni tashkil etgan.

Tergov jarayonida ayol o‘zining 1993 y.t. jinoiy sherigi bilan birgalikda Bekobod shahridan ijaraga xonadon olib, u yerda giyohvandlik vositalarini sotish hamda iste’mol qilish uchun “bangixona” tashkil etganliklari ham fosh bo‘ldi.
⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 07:08. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!