Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Munisa Rizayeva: "Kuch ber!"

Munisa Rizayeva: "Kuch ber!"

Xonanda Munisa Rizayeva so‘nggi kunlarda qizg‘in ijod bilan band. Bunga oxirgi kunlarda taqdim etilayotgan ijodiy yangiliklar yaqqol misol bo‘la oladi. Ana shunday yana bir qaynoq ijodiy xabarni u muxlislari bilan bo‘lishdi.

"Bugun mening yangi "Kuch ber" nomli qo‘shig‘im uchun videoklip suratga olish ishlari bo‘lib o‘tdi. Bu biror insonni kim ekanligi bilan shaxsan qiziqmasdan turib, uni tan olmay, mish mishlarga ishonadiganlar yonida hukm chiqaradigan odamlar haqidagi qo‘shiq.

Baxtli inson hech qachon birovga yomonlik tilamaydi. Bunday ishlarni faqatgina qalban kasal bo‘lganlar bajara oladi." deydi qo‘shiq haqida ma’lumot bergan xonanda Munisa Rizayeva. Yuqorida keltirilganidek, qo‘shiq mavzusi jiddiy va insonlarni o‘ylantiradigan. Umid qilamizki, tarona ko‘pchilikka yoqadigan va tarbiyaviy ahamiyati va yuki yuqori bo‘lgan ijod mahsullaridan biri bo‘la oladi. 

Manba: popcorn.uz

Kiritildi: 07:15 05.10.2019. O'qildi: 6046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!