Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Munisa Rizayeva karantinni buzgani uchun jazoga tortildi

Munisa Rizayeva karantinni buzgani uchun jazoga tortildi

Xonanda Munisa Rizayeva karantin paytida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzib, niqobsiz yurgani uchun javobgarlikka tortiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Munisa Rizayevaning jamoat joyida niqobsiz yurgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xonanda bilan shaxsan uchrashib, uning huquqbuzarligi yuzasidan ogohlantirish bergan.

Vazirlik matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayevaning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, vazir Munisa Rizayevaga aybini tan olgan holda, o‘z istagi bilan belgilangan jarimani to‘lashni tavsiya etgan. Suhbat davomida hukumat maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilingan qoidalarga qat’iy rioya etish har bir fuqaro majburiyat ekani tushuntirilgan.

Kiritildi: 15:13 27.03.2020. O'qildi: 7640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!