Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mujtaba Xomanaiy mamlakatni tark etgan....

Mujtaba Xomanaiy mamlakatni tark etgan....

Bu haqda Isroil manbasi xabar bermoqda

Eronning yangi Oliy Rahbari Mujtaba Xomanaiy mamlakat tashqarisida va uning nomidan e’lon qilingan bayonotlar go‘yoki IIQK qo‘mondoni Vahidiy va IIQKning boshqa yuqori lavozimli amaldorlari tomonidan tayyorlanmoqda.

Isroil xavfsizlik manbasi Al Hadath telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Mujtaba Xomanaiyning Eronda yo‘qligi jiddiy boshqaruv inqirozi va mamlakat rahbariyati ichida chuqur ichki bo‘linishlardan dalolat beradi.

Manba shuningdek, Tehron marhum Oliy Rahbar Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi uchun qasos olish maqsadida Tel-Aviv markazida Isroilning yuqori lavozimli amaldorlarini o‘ldirish bo‘yicha operasiya tayyorlayotganini da’vo qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, AQSh Eron Isroil hududiga hujum qilsa ham, Isroilning hujumkor operasiyalarda ishtirok etishini istamaydi.

Kiritildi: 15:42 20.07.2026. O'qildi: 8197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!