Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Muhojirlarga yordam berganlarni jazolashmoqchi

A A A
Muhojirlarga yordam berganlarni jazolashmoqchi

Vengriya hukumati boshpana so‘rovchi noqonuniy migrantlarga yordam berganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Agar qonun loyihasi hozirgi ko‘rinishda qabul qilinsa, qochqinlar uchun axborot varaqasi chiqarish, ularga taom yoki huquqiy yordam taklif qilish jinoyat deb sanalishi mumkin. Bu esa bir necha oydan bir yilgacha qamoq jazosi demakdir.  

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari boshpana so‘rovchilarni Vengriyaga jo‘natmasligi uchun hukumat Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish niyatida.

Ta’kidlash joizki, qochqinlarning Vengriyaga kirishi shundoq ham oson emas: mamlakatning janubiy chegarasi simtikonli qo‘sh devor bilan o‘ralgan.

Kiritildi: 05:00 31.05.2018. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik